ENG YAXSHI DAVLAT MOBIL ILOVASI TANLOVI

MUKOFOT

«mGovAward» O‘zbekiston universitetlari talabalarining innovatsion potentsialidan foydalangan holda ishlab chiqilgan davlat xizmatlarining eng yaxshi va samarali mobil ilovasi uchun mo‘ljallangan. Ushbu mukofot yosh talabalarni O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlik qilish va davlat qurilishida qatnashishga undash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari hamkorligida tashkil etilgan. Maqsad – O‘zbekiston davlat xizmatlarini samarali, shaffof va uzluksiz ravishda qulay mobil ilova yordamida ko‘rsatish orqali fuqarolarining hayotini yaxshilash.

Umumiy yutuq

$100.000 USD

1-o‘rin jamoa uchun

50,000 USD

2-o‘rin jamoa uchun

30,000 USD

3-o‘rin jamoa uchun

20,000 USD

TANLOV TOIFALARI

ASOSIY MEZONLAR

  • Samaralilik va samaradorlik

Ushbu mezon taqdim etilgan ilovaning maqsadli auditoriya o‘rtasida xizmatdan foydalanish miqyosi va davlat xizmatiga tegishli bo‘lgan muammolarni hal qilish darajasiga qaratilgan.

  • Qulaylik

Ushbu mezon foydalanuvchilar nuqtai nazaridan xizmatlarning qulayligi darajasini belgilaydi. Bunda asosiy e’tibor funksiyonallikka qaratilgan, ammo u bilan cheklanmaydi. Qulaylik bu – do‘stona dizayn va qulay navigatsiya (Ko‘rish va his qilish).

  • Innovatsiya

Ushbu mezon «Qoyil!» faktoriga asoslangan, ya’ni g‘oyalarni ijodiy birlashtirish orqali noyob, o‘ziga xos va yangi hayotiy voqealarga yo‘naltirilgan yechimlar ishlab chiqishda mijozlarning umumiy tajribasiga ta’sir qiladigan tarzda texnologiyalardan innovatsion foydalanish yoki yangicha yondoshishga qaratilgan.

QATNASHISH SHARTLARI

  • Tanlovda faqat O‘zbekiston Respublikasi davlat va xususiy universitetlarining talabalari qatnashishi mumkin.
  • Talaba yakka tartibda qatnasha olmaydi.
  • Talabalar bittadan ko‘p ilova bilan qatnashishi mumkin.
  • Mobil ilova yoki yechim O‘zbekiston hukumati tomonidan fuqaro yoki biznes uchun taqdim etiladigan (G2C yoki G2B) davlat xizmatlaridan biriga bog‘langan bo‘lishi kerak.
  • Mobil ilova va yechimlar universitet talabalari tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqilishi shart.
  • Barcha yuborilgan hujjatlar mobil ilovaning asosiy xususiyatlari va afzalliklarini ochib beradigan video-lavhani o‘z ichiga olishi kerak.
  • Universitetlar ular nomidan qatnashgan har bir jamoaga avtorizatsiya xatini berishi kerak. Xat (ma’lumotnoma) barcha zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, universitet rahbari yoki mutasaddi xodimi tomonidan imzolangan, universitet muhri bilan tasdiqlangan holda taqdim etilishi zarur.
  • Universitet O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan va tan olingan bo‘lishi kerak.
  • Har bir talabalar jamoasi kamida 3 nafar a’zolardan tarkib topgan bo‘lib, ulardan kamida bittasi toliba bo‘lishi tavsiya etiladi.
  • Jamoada o‘qituvchilar qatnashishi man etiladi.
  • Universitet nomidan qatnashadigan jamoalar soni cheklanmagan.
  • Har bir jamoa bittadan ko‘p ilova va yechim bilan qatnashishi mumkin.
  • Har bir jamoa fakultet yoki soha mutaxassislaridan o‘ziga mentor tanlash imkoniyatiga ega.
  • Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida barcha jamoa a’zolari “mGov Award 2019” tanlovi “Katta finali”da foydalanadigan barcha vosita/dasturlarning litsenziya va foydalanish shartlariga rioya qilishlarini imzo bilan tasdiqlaydi.
  • Istisno sifatida  Jamoa safiga iqtidorli kollej, akademik litsey va o’rta maktab o’quvchilarini jalb etish mumkin.

TOPSHIRISH

3 daqiqalik video lavha

Mobil ilova mohiyatini namoyish etadigan video

Mobil ilova (prototip)

Android va IoS operatsion tizimli mobil ilovalar

Tadbir manzili

TASHRIF ET

2 Muminov, Toshkent, O'zbekistan

EMAIL YOZ

info@mgovaward.uz

QO'NG'IROQ QIL

+998 71 2091199