QATNASHISH SHARTLARI

  • Tanlovda faqat O‘zbekiston Respublikasi davlat va xususiy universitetlarining talabalari qatnashishi mumkin.
  • Talaba yakka tartibda qatnasha olmaydi.
  • Talabalar bittadan ko‘p ilova bilan qatnashishi mumkin.
  • Mobil ilova yoki yechim O‘zbekiston hukumati tomonidan fuqaro yoki biznes uchun taqdim etiladigan (G2C yoki G2B) davlat xizmatlaridan biriga bog‘langan bo‘lishi kerak.
  • Mobil ilova va yechimlar universitet talabalari tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqilishi shart.
  • Barcha yuborilgan hujjatlar mobil ilovaning asosiy xususiyatlari va afzalliklarini ochib beradigan video-lavhani o‘z ichiga olishi kerak.
  • Universitetlar ular nomidan qatnashgan har bir jamoaga avtorizatsiya xatini berishi kerak. Xat (ma’lumotnoma) barcha zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, universitet rahbari yoki mutasaddi xodimi tomonidan imzolangan, universitet muhri bilan tasdiqlangan holda taqdim etilishi zarur.
  • Universitet O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan va tan olingan bo‘lishi kerak.
  • Har bir talabalar jamoasi kamida 3 nafar a’zolardan tarkib topgan bo‘lib, ulardan kamida bittasi toliba bo‘lishi tavsiya etiladi.
  • Jamoada o‘qituvchilar qatnashishi man etiladi.
  • Universitet nomidan qatnashadigan jamoalar soni cheklanmagan.
  • Har bir jamoa bittadan ko‘p ilova va yechim bilan qatnashishi mumkin.
  • Har bir jamoa fakultet yoki soha mutaxassislaridan o‘ziga mentor tanlash imkoniyatiga ega.
  • Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida barcha jamoa a’zolari “mGov Award 2019” tanlovi “Katta finali”da foydalanadigan barcha vosita/dasturlarning litsenziya va foydalanish shartlariga rioya qilishlarini imzo bilan tasdiqlaydi.
  • Istisno sifatida  Jamoa safiga iqtidorli kollej, akademik litsey va o’rta maktab o’quvchilarini jalb etish mumkin.