FAQ

Biz bir yo’nalish bo’yicha bittadan ko’p ariza yuborishimiz mumkinmi?

Siz bir yo’nalishda faqat bitta ariza bilan qatnashishingiz mumkin, ayni damda siz boshqa yo’nalishlar bo’yicha ham ariza topshiringiz mumkin.

Men bir nechta yo’nalishlar bo’yicha ariza topshirishim mumkinmi?

Siz har bir yo’nalish bo’yicha ariza topshirishingiz mumkin.

Kimlar tanlovda qatnashishlari mumkin?

Tanlovda O’zbekiston Respublikasidagi oliy o’quv yurlari talabalaridan tarkib topgan jamoalar qatnashishlari mumkin. Istisno tariqasida zarur ko’nikmalarga ega bo’lgan kollej/akademik litsey o’quvchilari jamoaga qo’shilishlari mumkin.

Qaysi operatsion tizim platformalari uchun mobil ilova ishlab chiqilishi kerak?

Ilova kamida bitta operatsion tizim uchun ishlab chiqilgan va AppStore (iOS) yoki Google Play Store (Android) da mavjud bo’lishi talab etiladi.

Har bir yo’nalishlar bo’yicha g'oliblar bo'ladimi?

Yo’q. Yo’nalishlardan qat’iy nazar  faqat uchta g’olib bo’ladi.

Arizalarni tanlab olishdagi asosiy mezonlar qanday?

Asosiy mezonlar, mobil ilovaninig samaradorligi, axborot xavfsizligi, foydalanishda qulay bo’lishi, va ilovaning innovatsionligidan tashkil topgan.

Tanlovda ishtirok etish uchun nimalarni taqdim etish kerak bo’ladi?

Tanlovda ishtirok etish uchun siz qatnashish uchun ariza (onlayn tarzda to’ldiriladi https://mgovaward.uz/)  jamoa a’zolari talaba  yoki litsey/kollej o’quvchisi ekanligi haqida ma’lumotnama (universitet va kollej/litsey ma’muriyatidan), 3 daqiqalik video, va mobil ilovaga havolani (ссылка, линк) taqdim etishingiz kerak bo’ladi.

Bizda ishlaydigan mobil ilova mavjud, ushbu ilova bilan qatnashish mumkinmi?

Ha, siz bu ilova bilan tanlovda qatnashishingiz mumkin, faqatgina ushbu ilovangiz davlat xizmatlariga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.

Mobil ilova tijoriy bo'lishi kerakmi?

Yo’q, mobil ilova faqatgina davlat xizmatlariga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.

Mualliflik huquqi masalasi qanday yechiladi - u jamoada qoladimi yoki to'liq mijozga topshiriladimi?

Mualliiflik huquqi, g’olib bo’lgan jamoa va IT Park o’rtasida teng taqsimlanadi.

Mobil ilova ochiq ma'lumotlar asosida ishlab chiqilishi kerakmi, agar shunday bo'lsa, uni qayerdan olishimiz mumkin?

Mobil ilovalarni ishlab chiqish uchun talab qilinadigan ochiq ma’lumotlar sizga noyabr oyida taqdim etiladi, bundan tashqari siz o’zingiz tanlagan yo’nalish bo’yicha tegishli davlat muassasalarining rasmiy veb sahifalari va boshqa ochiq ma’lumotlardan foydalanishingiz mumkin. Shuningdek, https://data.gov.uz/en orqali ham o’zingizga kerak bo’lgan ma’lumotlarni olish imkoniyatiga egasiz.

Ba'zi dasturiy ta'minotlar xarajatni talab qiladi, tashkilotchilar xarajatlarni qoplab berishadimi?

Afsuski tashkilotchilar mobil ilovani ishlab chiqish davomidagi xarajatlarni o’z zimmasiga olmaydi.

Mobil ilovalar qaysi bosqichda bo’lishi kerak, to’liq tugallangan yoki uning prototipini ham yuborish mumkinmi?

Yuborilayotgan mobil ilova eng kamida birlamchi funksiyalarga ega bo’lishi va u mobil ilovaning barcha qulayliklari, afzalliklari hamda ustunliklari haqida iloji boricha ko’proq ma’lumot berishi kerak bo’ladi.

Mobil ilova qaysi tilda bo’lishi kerak?

Mobil ilova birinchi galda o’zbek tilida bo’lishi kerak, rus va ingliz tillari esa qo’shimcha ravishda kiritilshi uni g’olib bo’lish imkoniyaltini oshiradi.

3 daqiqalik promo video qaysi tilda bo’lishi talab etiladi?

O’zingizga qulay bo’lgan tilda qilishingiz mumkin, hakamlar hayati safida chet ellik mutaxassislar bo’lishini inobatga olgan holda ingliz tilida video tayyorlanishi tavsiya etiladi.

O’qituvchilar yoki fakultet dekanlari jamoa a’zosi bo’lishlari mumkinmi?

Yo’q, jamoa azosi sifatida faqatgina respublika oliy o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan talabalar va kollej/litsey o’quvchilari qatnashishlari mumkin.

Ariza yuborishdagi dekanat/rektoratdan kerak bo’ladigan tasdiqlovchi xat nima maqsadda talab qilinadi?

Xat talab qilinishidan asosiy maqsad, tanlovda faqatgina talabalar ishtirokini ta’minlash va talaba bo’lmagan shaxslar ishtirokini cheklashdan iborat.

Tanlov qaysi bosqichlardan tashkil topgan?

Tanlov bosqichlari haqida to’liq ma’lumotni siz bizning rasmiy saytimizdan olishingiz mumkin.

Tasdiqlovchi xat, reklama rolikiga ilova, mobil ilovaga ilova (link, ссылка)dan tashkil topgan arizani yuborganimdan keyin nima bo’ladi?

Sizning arizangiz qabul qilingaligi haqida sizga elektron pochta orqali xat yuboriladi va keyingi bosqich haqida ma’lumotlar xabari beriladi.